Abstract
Ushbu ilmiy tezis paradzyudochilar funksional tayyorgarligini takomillashtirishda yuklama monitoringi va sensor-motor integratsiyaga asoslangan kompleks metodikaning ilmiy-amaliy ahamiyatini yoritadi. Ko‘rish qobiliyati cheklangan sportchilarda muvozanat, vestibulyar sezgi, proprioseptiv boshqaruv, jismoniy tayyorgarlik va psixofiziologik reaksiyalar kurash jarayonida hal qiluvchi omil hisoblanadi. Shu sababli trening jarayonida faqat jismoniy tayyorgarlikni oshirish emas, balki sensor tizimlararo uyg‘unlashuvni (sensor integration), yuklama boshqaruvi, tiklanish monitoringi va psixofiziologik moslashuvlarni ham nazorat qilish zarur.
Tadqiqotda 24 nafar malakali paradzyudochi ishtirok etdi. Sportchilarning funksional holati yurak urish chastotasi (HR), HRV (Heart Rate Variability), reaksiyalar va proprioseptiv testlar orqali o‘rganildi. 8 haftalik kompleks metodika — senzomotor mashqlar, intervalli yuklamalar, judo-spetsifik kombinatsiyalar va monitoring asosida individuallashtirilgan yuklamalar — maromida qo‘llanildi. Natijalar sportchilarda sensor-motor barqarorlik, kuch–chidamlilik, aerob–anaerob imkoniyatlar, jismoniy tiklanish darajasi va kurash samaradorligi sezilarli darajada oshganini ko‘rsatdi.
Tezis paradzyudochilarning tayyorgarligini oshirishda sensor integratsiya, yuklama monitoringi va individual yondashuvning ilmiy asoslangan va samarali ekanligini tasdiqlaydi.
References
1. Franchini E., Artioli G.G., Brito C.J. Physiological profiles of elite judo athletes // Sports Medicine. – 2021. – Vol. 51, №11. – P. 2171–2185.
2. Brito C., Artioli G. Physiological determinants in combat sports // Sports Medicine. – 2020. – Vol. 50, №9. – P. 1653–1669.
3. Kons R.L., et al. Special Judo Fitness Test Review // Journal of Strength and Conditioning Research. – 2018. – Vol. 32, №5. – P. 1226–1234.
4. Gutiérrez-Santiago A. Analysis of visually impaired judokas // IJSSC. – 2019. – Vol. 14, №5. – P. 661–670.
5. Molik B., et al. Paralympic athlete performance factors // Journal of Human Kinetics. – 2017. – Vol. 56. – P. 25–38.
6. IBSA. Judo Classification Rules. – 2023. – https://ibsajudo.sport