Abstract
Mazkur tezisda burun yondosh bo‘shliqlarining anatomik variantlari va ularning funksional endoskopik sinus jarrohligi (FESS) operatsiyasiga ta’siri tahlil qilinadi. Tadqiqotda paranazal sinuslarning individual anatomik o‘zgarishlari, jumladan konxa bullosa, Haller hujayralari, agger nasi hujayralari hamda burun to‘sig‘i deviasiyasining jarrohlik jarayoniga ta’siri ko‘rib chiqildi. Anatomik variantlar sinuslarning ventilatsiyasi va drenaj tizimiga ta’sir ko‘rsatib, operatsiya jarayonining murakkabligini oshirishi mumkinligi aniqlandi. Operatsiyadan oldingi kompyuter tomografiyasi tekshiruvlari anatomik tuzilmani batafsil baholash va jarrohlik rejasini to‘g‘ri tuzishda muhim ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlandi. Tadqiqot natijalari FESS operatsiyasining xavfsizligi va samaradorligini oshirishda anatomik variantlarni oldindan aniqlash zarurligini ko‘rsatadi
References
1. Bolger, W. E., Butzin, C. A., & Parsons, D. S. (1991). Paranasal sinus bony anatomic variations and mucosal abnormalities: CT analysis for endoscopic sinus surgery. The Laryngoscope, 101(1), 56–64. https://doi.org/10.1288/00005537-199101000-00010
2. Kennedy, D. W. (1985). Functional endoscopic sinus surgery: Technique. Archives of Otolaryngology, 111(10), 643–649.
3. Stammberger, H. (1991). Functional endoscopic sinus surgery: The Messerklinger technique. Philadelphia, PA: B.C. Decker.
4. Stammberger, H., & Kennedy, D. W. (1995). Paranasal sinuses: Anatomic terminology and nomenclature. Annals of Otology, Rhinology & Laryngology, 104(10_suppl), 7–16. https://doi.org/10.1177/0003489495104S1003
5. Zinreich, S. J. (1993). Imaging of inflammatory sinus disease. Otolaryngologic Clinics of North America, 26(4), 535–547.
6. Lund, V. J., & Kennedy, D. W. (1997). Quantification for staging sinusitis. Annals of Otology, Rhinology & Laryngology, 106(10_suppl), 17–21. https://doi.org/10.1177/00034894971060S105