Abstract
Mazkur tezisda Dante Aligerining “Ilohiy komediya” asaridagi diniy-madaniy birliklarning o‘zbek tiliga tarjima qilinish xususiyatlari Abdulla Oripov tarjimasi misolida tahlil qilinadi. Shuningdek, asarda xristian dini, qadimgi yunon-rim mifologiyasi hamda Yevropa madaniyatiga oid ko‘plab shaxs nomlari, tushunchalar va obrazlar mavjud bo‘lib, ularni boshqa diniy-madaniy muhitga mansub o‘quvchiga yetkazish tarjimondan nafaqat lingvistik, balki ensiklopedik va madaniy kompetensiyani ham talab etishi yoritiladi. Tezisda diniy nomlarning funksional ekvivalentlar orqali berilishi, madaniy jihatdan begona birliklarning o‘quvchiga anglashiladigan shaklda ifodalanishi hamda bunday tarjima yechimlarining badiiy-estetik vazifasi ochib beriladi.
References
1. Dante Alighieri “La Divina Commedia”;
2. Longfellow, Henry Wadsworth “Divine Comedy – Inferno”;
3. G‘afurov, O Mo‘minov, N. Qambarov “Tarjima nazariyasi” – Tafakkur Bo‘stoni – Toshkent – 2012;
4. www.kh-davron.uz
5. Google tarjimon.
6. Abdulla Oripov “Tanlangan asarlar” III jild – G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at nashriyoti – Toshkent – 2001;
7. Dadajonova Durdonaxon Botirjon qizining “Abdulla Oripov tarjimonlik faoliyati (Dantening “Ilohiy komediya” asari ingliz tilidagi tarjimasi misolida)” mavzusida yozgan magistrlik dissertatsiyasi.