Abstract
Mazkur tezisda toponimik birliklarning shakllanishi, nomlanish motivlari va lingvistik xususiyatlari tadqiq etiladi. Toponimlar muayyan geografik obyektlarni nomlash bilan bir qatorda, xalqning tarixiy xotirasi, etnik tarkibi, tabiiy-geografik muhiti, xo‘jalik faoliyati va madaniy qadriyatlarini aks ettiruvchi muhim onomastik birliklar hisoblanadi. Tadqiqotda toponimlarning tabiiy-geografik, etnik, antroponimik, ijtimoiy-iqtisodiy, tarixiy va madaniy motivlar asosida shakllanishi tahlil qilinadi. Shuningdek, ularning leksik-semantik, morfologik va sintaktik xususiyatlari, sodda, yasama, qo‘shma va birikmali struktur modellari yoritiladi. Toponimlarni kompleks lingvistik va tarixiy-madaniy yondashuv asosida o‘rganish ularning kelib chiqishi va semantik mohiyatini chuqurroq anglash imkonini beradi.
References
1. Qorayev S. Toponimika. — Toshkent: O‘zbekiston, 2006. — 320 b.
2. Uluqov N. O‘zbek tili gidronimlarining tarixiy-lisoniy tadqiqi. — Toshkent: Fan.
3. Begmatov E., Uluqov N. O‘zbek onomastikasi terminlarining izohli lug‘ati. — Namangan, 2006.
4. Majidova N. Structural Composition of Hydronyms in English and Uzbek. — 2026.
5. O‘zbek tilining izohli lug‘ati. 5 jildlik. — Toshkent: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2006–2008.