Abstract
Mazkur ilmiy tezisda xususiy mulk daxlsizligining konstitutsiyaviy-huquqiy mohiyati va uning O‘zbekiston Respublikasidagi kafolatlari tahlil qilinadi. Xususiy mulk huquqining shaxsning iqtisodiy erkinligi, tadbirkorlik faoliyati va fuqarolik-huquqiy munosabatlardagi o‘rni yoritiladi. Shuningdek, mulkdorning mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqlarining huquqiy asoslari, mulkdorni mol-mulkidan mahrum etishning qonuniy chegaralari, sud himoyasi va yetkazilgan zararni qoplash mexanizmlari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqotda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 65–67-moddalari hamda xususiy mulkni himoya qilishga oid qonunchilik normalari asosida xususiy mulk daxlsizligini ta’minlashning asosiy mexanizmlari tahlil qilinadi. Natijada xususiy mulkni samarali himoya qilish qonuniylik, sud nazorati, huquqiy aniqlik va mulkdorning qonuniy manfaatlarini ta’minlash tamoyillariga asoslanishi lozimligi asoslanadi.
References
1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. Yangi tahrir, 2023-yil 30-aprel. 65–68-moddalar.
2. O‘zbekiston Respublikasining “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-336-son Qonuni, 2012-yil 24-sentabr.
3. Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt. BMT, 1966.
4. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi.
5. O‘zbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuni.