Abstract
Kuch transformatorlari elektr energetika tizimining asosiy elementlaridan biri bo‘lib, elektr energiyasini bir kuchlanish darajasidan ikkinchi kuchlanish darajasiga o‘zgartirish, elektr energiyasini uzatish va taqsimlash jarayonlarida muhim ahamiyatga ega. Elektr stansiyalarida ishlab chiqarilgan elektr energiyasi iste’molchilarga uzatilishidan oldin transformatorlar yordamida kuchlanish darajasi oshiriladi yoki pasaytiriladi. Transformatorlarning samarali ishlashi elektr energiyasidan oqilona foydalanish, elektr ta’minoti tizimining ishonchliligini oshirish va ekspluatatsiya xarajatlarini kamaytirishda muhim omil hisoblanadi. Biroq transformatorlarda elektr energiyasini o‘zgartirish jarayonida ma’lum miqdorda energiya isroflari yuzaga keladi. Ushbu isroflar transformatorning konstruktiv tuzilishi, magnit o‘zak va chulg‘am materiallarining xususiyatlari, yuklama miqdori, ish harorati hamda ekspluatatsiya sharoitlariga bog‘liq.
References
1. IEC 60076. Power Transformers. International Electrotechnical Commission (IEC).
2. IEC 60156:2025. Insulating liquids — Determination of the breakdown voltage at power frequency — Test method. IEC.
3. IEC 60422:2024. Mineral insulating oils in electrical equipment — Supervision and maintenance guidance. IEC.
4. IEC 60599:2022. Mineral oil-filled electrical equipment in service — Guidance on the interpretation of dissolved and free gases analysis. IEC.
5. Kulkarni S. V., Khaparde S. A. Transformer Engineering: Design, Technology, and Diagnostics. 2nd ed. CRC Press, 2012.
6. Heathcote M. J. The J & P Transformer Book. 13th ed. Newnes, 2007.
7. CIGRE. Guide for Transformer Maintenance. International Council on Large Electric Systems (CIGRE).