Abstract
Jigar sirrozining eng muhim gemodinamik asoratlaridan biri portal gipertenziya bo‘lib, uning rivojlanishi portal venoz qon oqimining o‘zgarishi, kollateral qon aylanishining shakllanishi va portosistemik, jumladan portokaval shuntlanishning kuchayishi bilan kechadi. Ushbu jarayonlarni erta aniqlash portal gipertenziya rivojlanishini baholash va asoratlar xavfini oldindan aniqlashda muhim ahamiyatga ega. Mazkur tezisda jigar sirrozida portal gipertenziya va portokaval shuntlanishning ultratovush dopplerografik belgilarini tizimlashtirish hamda ularning diagnostik qiymatini baholash masalalari ko‘rib chiqiladi. Portal vena qon oqimining tezligi va yo‘nalishi, portal va taloq venalari diametri, kollateral tomirlarning paydo bo‘lishi, hepatofugal oqim, splenomegaliya va boshqa belgilar kompleks baholanishi lozim. Dopplerografiya noinvaziv, takroriy va gemodinamik monitoring uchun qulay usul sifatida muhim diagnostik imkoniyatlarga ega
References
1. de Franchis R., Bosch J., Garcia-Tsao G., Reiberger T., Ripoll C., Baveno VII Faculty. Baveno VII – Renewing consensus in portal hypertension // Journal of Hepatology. – 2022. – Vol. 76, No. 4. – P. 959–974.
2. Baveno VIII Consensus Workshop. Baveno VIII – Advancing consensus in portal hypertension. – Journal of Hepatology, 2026.
3. Bosch J., Abraldes J.G., Berzigotti A., García-Pagán J.C. The clinical use of HVPG measurements in chronic liver disease // Nature Reviews Gastroenterology & Hepatology.
4. European Association for the Study of the Liver. Clinical practice recommendations and consensus approaches to portal hypertension and cirrhosis.
5. ACR Appropriateness Criteria®. Radiologic evaluation and management of portal hypertension.