Abstract
Mazkur ilmiy tezisda o‘quv-tadqiqot faoliyati asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning tadqiqotchilik kompetensiyalarini rivojlantirishning pedagogik imkoniyatlari yoritilgan. Zamonaviy ta’lim sharoitida pedagogning nafaqat nazariy bilimlarga, balki mustaqil izlanish olib borish, pedagogik muammolarni aniqlash, ilmiy axborotlarni izlash, tahlil qilish, tadqiqot metodlaridan samarali foydalanish va ilmiy asoslangan xulosalar chiqarish kompetensiyalariga ega bo‘lishi muhimligi asoslangan. O‘quv-tadqiqot faoliyatining bo‘lajak o‘qituvchilarda ilmiy fikrlash, tanqidiy va analitik yondashuv, ijodkorlik, mustaqil qaror qabul qilish hamda refleksiv ko‘nikmalarni shakllantirishdagi ahamiyati tahlil qilingan. Shuningdek, tadqiqotchilik kompetensiyasini rivojlantirishda muammoli ta’lim, loyiha metodi, pedagogik kuzatish, tajriba-sinov, mustaqil tadqiqot topshiriqlari va raqamli ta’lim resurslaridan foydalanishning samaradorligi ko‘rsatib berilgan.
References
1. Загвязинский В.И. Исследовательская деятельность педагога. — Москва: Академия, 2010.
2. Хуторской А.В. Современная дидактика. — Санкт-Петербург: Питер, 2001.
3. Зеер Э.Ф. Психология профессионального развития. — Москва: Академия, 2006.
4. Подласый И.П. Педагогика: учебник для студентов высших педагогических учебных заведений. — Москва: Юрайт, 2018.
5. Сластенин В.А., Исаев И.Ф., Шиянов Е.Н. Педагогика. — Москва: Академия, 2013.