Аннотация
Ushbu ilmiy ishda erta yoshdagi insult bilan kasallangan bemorlarda laborator va instrumental diagnostika ko‘rsatkichlarining o‘zaro bog‘liqligi o‘rganildi. Tadqiqot davomida gematologik, biokimyoviy hamda gemostaz tizimiga oid laborator parametrlar (D-dimer, fibrinogen, lipid spektri) bosh miya neyrovizualizatsiya usullari — magnit-rezonans tomografiya va kompyuter tomografiyasi natijalari bilan solishtirildi. Olingan natijalar gemostatik va metabolik buzilishlar insultning rivojlanish mexanizmlarida muhim ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatdi. Shuningdek, laborator biomarkerlar bilan instrumental tekshiruvlar o‘rtasidagi korrelyatsiya kasallikning og‘irlik darajasi, o‘choq hajmi va gemodinamik o‘zgarishlarni aniqlashda muhim diagnostik mezon bo‘lib xizmat qilishi aniqlandi. Tadqiqot natijalari kompleks diagnostik yondashuvni qo‘llash erta tashxis qo‘yish, differensial diagnostika va individual davolash strategiyasini ishlab chiqishda samarali ekanligini tasdiqlaydi
Библиографические ссылки
1. Valery L. Feigin. Global burden of stroke. The Lancet Neurology, 2021.
2. Sacco R.L. et al. Risk factors and outcomes in young stroke patients. Neurology, 2018.
3. Hankey G.J. Stroke: epidemiology and risk factors. The Lancet, 2017.
4. Kimyoviy va klinik laborator diagnostika bo‘yicha zamonaviy qo‘llanmalar.
5. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan klinik protokollar.