Аннотация
Mazkur tezisda o‘zbek tilidagi avtomatik tarjima tizimlarining sifatini oshirishda BERT (Bidirectional Encoder Representations from Transformers) arxitekturasi asosidagi takomillashtirilgan yondashuvlar tahlil qilinadi. Zamonaviy neyron tarmoqlarga asoslangan mashinaviy tarjima tizimlari kontekstni chuqur tushunish, semantik bog‘lanishlarni aniqlash va ko‘p ma’noli birliklarni to‘g‘ri tarjima qilishda sezilarli yutuqlarga erishgan. Biroq o‘zbek tilining agglutinativ tuzilishi, so‘z shakllarining murakkabligi va resurslar cheklanganligi tarjima sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu muammolarni bartaraf etishda BERT asosidagi modellarni adaptiv fine-tuning, morfologik segmentatsiya va ko‘p tilli transfer learning usullari orqali takomillashtirish samarali natijalar berishi mumkin
Библиографические ссылки
1. Devlin J., Chang M.W., Lee K., Toutanova K. BERT: Pre-training of Deep Bidirectional Transformers for Language Understanding. 2018.
2. Vaswani A. et al. Attention Is All You Need. NeurIPS, 2017.
3. Conneau A. et al. Unsupervised Cross-lingual Representation Learning at Scale (XLM-R). 2019.
4. Koehn P. Statistical Machine Translation. Cambridge University Press, 2010.
5. Sennrich R., Haddow B., Birch A. Neural Machine Translation of Rare Words with Subword Units. 2016.