Аннотация
Mazkur tezisda O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalarida ilmiy-tadqiqot faoliyatini samarali tashkil etish va rivojlantirishni ta’minlovchi huquqiy mexanizmlarni takomillashtirish masalalari tahlil qilinadi. Zamonaviy sharoitda oliy ta’lim muassasalarining nafaqat ta’lim beruvchi, balki ilmiy bilimlarni ishlab chiqaruvchi, innovatsion ishlanmalarni yaratish va ularni amaliyotga joriy etuvchi markaz sifatidagi roli tobora ortib bormoqda. Shu sababli ilmiy-tadqiqot faoliyatini tartibga soluvchi huquqiy mexanizmlarning samaradorligi oliy ta’lim tizimining ilmiy salohiyati va innovatsion rivojlanishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Tadqiqotda ilmiy-tadqiqot faoliyatini moliyalashtirish, ilmiy xodimlar va professor-o‘qituvchilarni rag‘batlantirish, intellektual mulkni himoya qilish, ilmiy natijalarni tijoratlashtirish, xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirish hamda ilmiy faoliyatni raqamlashtirish bilan bog‘liq huquqiy masalalar ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, oliy ta’lim muassasalarida ilmiy-tadqiqot faoliyatini boshqarishning huquqiy-institutsional modelini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqiladi.
Библиографические ссылки
1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. – Toshkent, 2023.
2. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni. O‘RQ-637-son, 23.09.2020.
3. O‘zbekiston Respublikasining “Ilm-fan va ilmiy faoliyat to‘g‘risida”gi Qonuni. O‘RQ-576-son, 29.10.2019.
4. O‘zbekiston Respublikasining “Innovatsion faoliyat to‘g‘risida”gi Qonuni. O‘RQ-630-son, 24.07.2020.
5. O‘zbekiston Respublikasining “Intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni himoya qilishni takomillashtirish to‘g‘risida”gi qonunchilik hujjatlari.