Аннотация
Tadqiqotda metafora badiiy matnning faqat obrazlilik vositasi emas, balki muallifning dunyoqarashi, qahramonning ruhiy holati, milliy-madaniy qadriyatlar va ijtimoiy voqelikni ifodalovchi muhim semantik birlik sifatida qaraladi. Ingliz va o‘zbek zamonaviy adabiyotida vaqt, hayot, inson, tabiat, sevgi, yolg‘izlik, xotira va jamiyat kabi konseptlarning metaforik ifodalanishidagi o‘xshashlik va farqlar aniqlanadi. Shuningdek, metaforalarni boshqa tilga tarjima qilishda bevosita tarjima, ekvivalent metafora, funksional almashtirish, izohlash va neytrallashtirish kabi strategiyalarning samaradorligi tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari metaforik birliklarni tarjima qilishda faqat lug‘aviy moslikni emas, balki obraz, konseptual mazmun, emotsional ta’sir va milliy-madaniy komponentni saqlash muhimligini ko‘rsatadi.
Библиографические ссылки
1. Kövecses Z. Metaphor and Culture. — Cambridge: Cambridge University Press, 2005.
2. Baker M. In Other Words: A Coursebook on Translation. — London: Routledge, 2018.
3. Schäffner C. Metaphor and Translation: Some Implications of a Cognitive Approach // Journal of Pragmatics. — 2004. — Vol. 36.
4. Musayev Q. Tarjima nazariyasi asoslari. — Toshkent: Fan, 2005.
5. Mirtojiyev M. M. O‘zbek tili semasiologiyasi. — Toshkent: Mumtoz so‘z, 2010.
6. Xudoyberganova D. Til. Tafakkur. Madaniyat. — Toshkent: Nodirabegim, 2020.
7. Xudoyberganova D. Matnning mazmuniy tarkibida metaforalar // O‘zbek tili va adabiyoti. — 2012. — №1.
8. Maxmaraimova Sh. T. Olamning milliy lisoniy tasvirida teomorfik metaforaning kognitiv aspekti: filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi. — Qarshi, 2018.
9. Nasrullayeva G. Antropotsentrik metaforaning lisoniy, kognitiv va lingvomadaniy aspekti: filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi. — Farg‘ona, 2019.
10. Usmonova Sh. Tarjimaning lingvomadaniy aspektlari. — Toshkent, 2015.
