Аннотация
Mazkur ilmiy tezisda Qashqadaryo viloyatida kuzatilayotgan cho‘llanish jarayonining tabiiy va antropogen omillari, ekologik oqibatlari hamda uning oldini olish va degradatsiyaga uchragan hududlarni tiklash imkoniyatlari tahlil qilinadi. Hududning qurg‘oqchil iqlimi, yog‘inlarning notekis taqsimlanishi, suv resurslaridan yuqori darajada foydalanish, yaylovlarning ortiqcha yuklanishi, o‘simlik qoplamining siyraklashuvi, shamol va suv eroziyasi hamda tuproq sho‘rlanishi cho‘llanish jarayonini kuchaytiruvchi asosiy omillar sifatida baholanadi. Qashqadaryoda cho‘llanish ayniqsa Qarshi cho‘li hududlari, yaylovlar va sug‘oriladigan agroekotizimlarda turli shakllarda namoyon bo‘ladi. Tadqiqotda degradatsiyaga uchragan yerlarni biologik tiklash, yaylovlardan me’yorida foydalanish, suvni tejovchi texnologiyalarni joriy etish, cho‘l o‘simliklarini ko‘paytirish va masofadan zondlash asosida ekologik monitoringni kuchaytirish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqiladi.
Библиографические ссылки
1. Usmonova R., Poyanov J.Sh. Qashqadaryo viloyatida iqlim o‘zgarishi va agrolandshaftlardan foydalanish muammolari. Science and Society. 2024.
2. Xujakeldiyev K.N., Toshpulatova D.R. Yaylov yerlarining degradatsiya omillari. Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari. 2025.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-277-son qarori. “Yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashishning samarali tizimini yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”. 2022.
4. Qashqadaryo viloyatida asosiy geoekologik muammolar va ularning yechimlari. NRJ. 2025.
5. Usmonova R., Xushmurodov F. Qashqadaryo viloyati qishloq xo‘jaligini optimallashtirishning ekologik-geografik jihatlari. O‘zbekiston Zamini. 2021.