Аннотация
Ushbu tezisda yuklarni yetkazib berish jarayonida logistik korxonalarning tutgan o‘rni, ularning iqtisodiyotdagi ahamiyati hamda ta’minot zanjiridagi funksional vazifalari tahlil qilinadi. Tadqiqotda logistika tizimining asosiy tarkibiy qismlari – transport, omborxona, yuklarni qayta ishlash, axborot oqimlari va xizmat sifati bilan bog‘liq omillar o‘rganilgan. Zamonaviy logistika korxonalari mahsulotlarni tez, sifatli va iqtisodiy jihatdan samarali yetkazib berish orqali ishlab chiqarish samaradorligini oshiradi hamda bozordagi raqobatbardoshlikni ta’minlaydi. Shuningdek, raqamli texnologiyalar va avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarining joriy etilishi logistik jarayonlarning samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etishi yoritilgan.
Библиографические ссылки
Porter, M. (1985). Competitive Advantage: Creating and Sustaining Superior Performance. New York: Free Press.
Christopher, M. (2016). Logistics and Supply Chain Management. 5th Edition. Pearson Education Limited.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Qarori. (2020-yil 28-aprel). Transport va logistika tizimini isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida. Lex.uz rasmiy hujjatlar bazasi.
UNCTAD. (2022). Review of Maritime Transport 2022. United Nations Conference on Trade and Development. Geneva.
Karimov, A. (2023). O‘zbekiston logistika tizimining rivojlanish istiqbollari. “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy jurnali, №3, Toshkent.