Abstrak
Mazkur tezisda Jaloliddin Rumiy «Masnaviy» asarida tasvirlangan Ibrohim Adhamning ruhiy sayohati, uning sultonlikdan so‘fiylik sari o‘tish jarayoni tahlil qilinadi. Tadqiqotda Rumiy tomonidan Ibrohim Adham timsolida insonning ichki uyg‘onishi, nafsdan poklanish, dunyo lazzatlaridan voz kechib, ilohiy haqiqatni izlash g‘oyalari yoritiladi. Asarda sultonning zohiriy qudratdan batiniy haqiqat sari yo‘l olishi orqali Rumiy tasavvuf falsafasining markaziy tamoyillari — tavba, zuhdu rizo, muhabbat va fanoning mohiyati ochib beriladi. Ibrohim Adhamning tajribasi orqali Rumiy inson ruhining o‘zlikni anglash yo‘lidagi sinov va yuksalish bosqichlarini badiiy ifoda etadi. Tadqiqot Rumiy ijodida so‘fiylik falsafasining shaxsiy tajriba va ramziy obrazlar orqali talqin etilishini ko‘rsatadi
##submission.citations##
Jaloliddin Rumiy. Masnaviyi maʼnaviy. Ikkinchi kitob. -- Toshkent: Abdulla Qodiriy nomidagi nashriyot, 2002.
Jaloliddin Rumiy. Masnaviyi maʼnaviy. Toʻrtinchi kitob. -- Toshkent: Abdulla Qodiriy nomidagi nashriyot, 2002.
Farididdin Attor. Tazkirat ul-avliyo. — Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot, 2013.
Najmiddin Komilov. Tasavvuf. -- Toshkent: Movarounnahr nashriyoti, 2009.