Abstract
Ushbu maqolada arab tilidagi iboralarning klassik va zamonaviy tilshunoslik nuqtai nazaridan tahlili amalga oshiriladi. Maqolada tilning fonetik, morfologik, sintaktik va semantik sathlari, shuningdek, so‘z va jumlalarning lug‘aviy va kontekstual ma’nolari o‘rganiladi. Arab tilidagi iboralarning qadimiy merosi Sibavayh, Xalil ibn Ahmad al-Farohidiyning ilk lug‘atlari, al-Mufaddal ad-Dabbiyning maqollar to‘plamlari va Ibn Manzurning “Lison al-Arab” asarlari bilan bog‘lanadi. Shu bilan birga, zamonaviy tilshunoslikdagi at-ta’bir al-istilohiy tushunchasi, uning xususiyatlari – ma’no yaxlitligi, turg‘unlik, obrazlilik va tarjima murakkabligi – ilmiy manbalar asosida yoritiladi. Maqola arab tilidagi iboralarning Qur’oni Karim, hadis, she’riyat va xalq maqollari manbalaridagi ifodasi hamda ularning lingvistik va madaniy ahamiyati masalalarini o‘rganishga qaratilgan. Tadqiqot natijalari arab tilining serqirra va dinamik tabiati, shuningdek, iboralarni o‘rganish va lug‘atlar yaratish ishlarining dolzarbligini ko‘rsatadi
References
1. Sibavayh, ʻUthman ibn Qanbar. Al-Kitab. Tahqiq: ʻAbd al-Salam Harun. Qohira: Maktabat al-Khanji, 1991.
2. Muhammad Davood, Al-Mu’jam al-Mavsu’i lil-Ta’bir al-Istilahi fi al-Lughah al’Arabiyyah. Qohira: Dar Gharib, 2014.
3. Husam al-Din, Karim Zaki. At-Ta’bir al-Istilahi: Dirasa fi Ta’sil al-Mustalah va Mafhumuhu va Majalatuhu al-Dalaliyya va Anmatuhu al-Tarkibiyya. Qohira: Maktabat al-Anglo, 1985.
4. Ahmed Mukhtar Omar, Mu’jam al-Lughah al-’Arabiyyah al-Mu’asirah. Qohira: ’Alam al-Kutub, 2008.
